“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–18-son, 11.01.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga ko`ra, O`zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o`rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta`minlaydi.