1

DXX Toshkent shahrida yashirin narkolaboratoriyani aniqladi (video)

Jinoyat 12.01.2024, 12:04
DXX Toshkent shahrida yashirin narkolaboratoriyani aniqladi (video)

Respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo`mitasi xodimlarini jalb qilgan holda o`tkazilgan maxsus tadbir davomida Toshkent shahrida yashirin faoliyat olib borgan narkolaboratoriya fosh etildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda. 


Jumladan, 1986 va 1988 yillarda tug`ilgan, oliy ma`lumotli bo`lgan 2 nafar shaxs logistika faoliyati bilan shug`ullanish niqobi ostida Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan birida sintetik giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanishgan.

Ko`zdan kechirish jarayonida xonadonda jami 56 ta o`ramda 26 kg.ga yaqin “Mefedron” giyohvandlik vositasi, sintetik narkotik tayyorlashda foydalaniladigan 400 kg.dan ortiq suyuqlik va kukun ko`rinishidagi kimyoviy moddalar hamda xom-ashyolar, zarur asbob-uskunalar borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, giyohvandlik vositalari tayyorlashda foydalaniladigan asbob-uskunalar, xom-ashyo va prekursorlar xorijdan keltirilganligi va tayyorlangan narkotik moddalarning savdosi Internet tarmog`i orqali amalga oshirilganligi ma`lum bo`ldi.

Tadbir davomida olingan narkotik moddalar taxminan 80 ming “doza”ni tashkil qilishi va qora bozordagi qiymati 900 ming AQSh dollariga tengligi, shuningdek, narkolaboratoriyada saqlanayotgan 400 kg.dan ortiq kimyoviy moddalar va xom-ashyolar yordamida 50 kg.ga yaqin “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ishlab chiqarish mumkinligi ma`lum bo`ldi.

Narkolaboratoriya aniqlanganligi holati yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, DXX Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1