1

Toshkentda psixotrop dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi

Jinoyat 12.01.2024, 14:10
Toshkentda psixotrop dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda "M.F." MChJ rahbari K.A. MChJ dorixonasida fuqaro E.X.ga 30 dona kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptsiz 210 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 1 320 dona "Karbamazepin" 80 dona "Tebantin" nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1