1

Toshkentda o`zganing kartasidan qariyb yarim mln so`m echib olgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 12.01.2024, 14:40
Toshkentda o`zganing kartasidan qariyb yarim mln so`m echib olgan shaxslar qo`lga olindi

Toshkentda fuqaroning hisob raqamidan 460 mln so`m echib olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqarmaga murojaat qilib, kartasidan noma`lum shaxslar tomonidan 460 mln so`m echib olinganini ma`lum qilgan.

Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jinoiy guruh azolari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ular jabrlanuvchining shaxsiy ma`lumotlarini qo`lga kiritib, unga tegishli pullarni mobil ilovalar orqali echib olgan.

Hozirda holat yuzasidan firibgarlarga  nisbatan Jinoyat Qodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytilmoqda. Shuningdek, qo`lga olingan shaxslarning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi  tekshirilmoqda.

Toshkent IIBB  fuqarolardan jabr ko`rganlar bo`lsa, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining telefon raqamiga (71 206 49 44) qo`ng`iroq qilib, ariza berishlarini so`ramoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1