1

Toshkent aeroportida Hindistondan uchib kelgan ikki fuqaro yonidan 1,8 mlrd so`mlik olmoslar topildi

Jinoyat 13.01.2024, 14:28
Toshkent aeroportida Hindistondan uchib kelgan ikki fuqaro yonidan 1,8 mlrd so`mlik olmoslar topildi

Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 milliard so`mlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslarni to`xtatib qoldi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo`lovchining paltosi cho`ntagidan 281 qirot hajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan.

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yo`lovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 873 million so`mdan oshmoqda.

Hindistondan uchib kelgan yana bir yo`lovchining bagajini ko`zdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli o`lchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh bo`lgan.

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 942 million so`mdan oshmoqda.

Ma`lumot uchun, respublika bojxonachilari 2023 yilda aniqlangan 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 32,4 milliard so`mlik 163 kilogramm zargarlik buyumlari, shu jumladan, qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishining oldini olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1