1

Dzyudo: Olimpiada sovrindori yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport 13.01.2024, 15:36
Dzyudo: Olimpiada sovrindori yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O`zbekiston dzyudo federasiyasi xabariga ko`ra, mamlakatimiz yakkakurashchilari orasida yorqin g`alabalari bilan e`tiborga tushgan, 2016 yilgi Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi, "Jakarta-2018" yozgi Osiyo o`yinlari g`olibi, Osiyo chempionati sovrindori va ko`plab xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat qozongan Diyorbek O`rozboev dzyudo bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Xorazm sport maktabida kamol topgan Diyorbek O`rozboev etakchiligidagi mamlakat yoshlar terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi ayni kunlarda Toshkent viloyatida o`tkazilayotgan o`quv-mashg`ulot yig`inlarida ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1