1

Namanganda katta miqdordagi rublni Qirg`izistonga o`tkazmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi (video)

Jinoyat 14.01.2024, 12:27
Namanganda katta miqdordagi rublni Qirg`izistonga o`tkazmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi (video)

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda juda ko`p miqdordagi xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda Qirg`izistonga o`tkazmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi.

Xususan, Qirg`iz Respublikasining Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo`lgan Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi “o`zbek-qirg`iz” davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to`xtatilib, ko`zdan kechirilganda, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln. 994 ming 900 Rossiya rubli borligi ma`lum bo`ldi. Aniqlanishicha, ushbu shaxs pullarni chegaradan o`tkazib berishi evaziga 300 AQSh dollari olishi kerak bo`lgan.

Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1