1

Qoraqalpog`istonda “prava” olib berish uchun uch kishidan 2,1 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi

Jinoyat 15.01.2024, 13:26
Qoraqalpog`istonda “prava” olib berish uchun uch kishidan 2,1 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi

Qoraqalpog`iston Respublikasida uch nafar fuqaroga noqonuniy yo`llar bilan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departament hamda DXXning Beruniy tumani bo`limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbirda Z.D. ismli shaxs 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga fuqaro J.K.dan 2,1 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1