1

"Men G‘olib" vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi

Sport 16.01.2024, 08:51
"Men G‘olib" vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan «Men G‘olib» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi.

“Humo Arena” sport majmuasining maydonchasidan 3 km va 10 km masofaga 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar start oldi. Vatanparvarlik yugurish musobaqasida nafaqat mamlakatimiz qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari, harbiy o`quv muassasalarining kursantlari, balki professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etdi.

Tadbir asosiy tashkilotchisi – Engil atletika federasiyasi, bosh hamkor – «O`zbekneftgaz» AJ bo`lib, musobaqa O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qoshidagi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi ko`magida bo`lib o`tdi.

«Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi an`anaviy tarzda yiliga ikki marta – Vatan himoyachilari va O`zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o`tkaziladi. 2021 yildan boshlab «Men G‘olib» yugurish musobaqasi O`zbekiston kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari, harbiy xizmatchilar, harbiy ta`lim muassasalari kursantlari o`rtasida eng kutiladigan sport musobaqalaridan biri bo`lib kelmoqda.

Tadbir kuni O`zbekiston Respublikasi harbiy va kuch ishlatish tuzilmalarining rahbarlari o`z xodimlarining jamoaviy ruhini qo`llab-quvvatlash uchun etib kelishdi. «Men G‘olib» yugurish musobaqasining ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi hamda O`zbekiston triatlon federasiyasi raisi Viktor Mahmudov, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Mudofaa vaziri o`rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiev, Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Zafar Qurbonov, Favqulodda vaziyatlar vaziri o`rinbosari Sanjar Zuparov, Milliy gvardiya qo`mondoni o`rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi.

– «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o`z mamlakatining chinakam vatanparvarlari uchun muhim voqeadir. Sport ommaviy yugurish musobaqasi har bir harbiy-kuch tuzilmalarining munosib vakillarini bir start maydonchasida to`plash va ularning mardligi, jasorati, O`zbekiston ravnaqi va taraqqiyoti yo`lidagi fidokorona xizmatlari uchun ularga hurmat-ehtirom ko`rsatish uchun qulay imkoniyat bo`ldi, – dedi Viktor Mahmudov o`zining tabrik nutqida.

Ilk marotaba 10 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni 3 km masofada yugurishga arizalar sonidan oshib, bu O`zbekistonda yugurishning tobora ommalashib borayotganidan va sog`lom turmush tarziga ongli ravishda yondashishdan dalolat beradi. Avlodlar o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yosh avlodni Vatan himoyachilari bayrami bilan tanishtirish maqsadida katta yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birgalikda «Men G‘olib» vatanparvarlik-yugurish musobaqasida 3 km masofaga yugurishdi.

Musobaqalar yakka tartibda va jamoaviy birinchiliklarda tashkil etildi.

Jamoaviy birinchilikda kuch ishlatishsh tuzilmalar idoralarining 7 ta jamoasi va o`quv ta`lim muassasalarining 6 ta jamoasi «Men G‘olib» kubogi uchun kurashishdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi vakillari ham bor edi. O`quv ta`lim muassasalarining jamoalari Qurolli kuchlar akademiyasi, Umumiy xavfsizlik universiteti, Ichki ishlar akademiyasi, FVV akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Davlat Bojxona qo`mitasi institutining kursantlari orasidan shakllantirildi.

«Men G‘olib» jamoaviy musobaqalarida to`rtinchi marotaba O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Yakka tartibdagi birinchilik g`oliblari quyidagilar bo`ldi:

3 km (erkaklar):

1. Nodirbek Mutalipov – 8:43

2. Otabek Toshquvatov – 8:46

3. Hasan Mirsoatov – 8:47

3 km (ayollar):

1. Maryam Tojiboeva – 11:03

2. Viktoriya Morozova – 11:25

3. Oydina Ikromova – 11:30

10 km (erkaklar):

1. Bekzod Baymatov – 32:31

2. Shahram Abdurahmonov – 33:12

3. Muhriddin Mirzaliev – 33:27

✔️ 10 km (ayollar):

1. Abdullaeva – 47:03

2. Laziza Temirova – 47:03

3. Diana Vyazikova – 47:04

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1