1

Lionel Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport 16.01.2024, 09:33
Lionel Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

FIFA 15 yanvar kuni Londonda bir qator nominasiyalar bo`yicha 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirladi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda. 

Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o`yinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Erling Holand ("Manchester Siti"/ Norvegiya) va Kilian Mbappeni  ("PSJ"/Fransiya) ortda qoldirdi.

Messi o`z faoliyatida to`rtinchi marta ushbu mukofotni qo`lga kiritdi, avvalroq 2022, 2019 va 2009 yillarda ushbu mukofotga sazovor bo`lgan.

Messi o`tgan yili "PSJ" bilan Fransiya chempioni bo`ldi va "Inter Mayami" bilan Ligalar kubogini qo`lga kiritdi. Oktyabr oyida 36 yoshli argentinalik "Oltin to`p" sovrinining 8 karra sohibiga aylandi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Lionel Messi taqdirlash marosimida bo`lmagan. Kubok boshlovchi Terri Anriga topshirildi.

Shuningdek, ayrim OAVlar Messi va Xoland bir xil — har biri 48 tadan ovoz olgani haqida yozishmoqda. Bunda reglamentga ko`ra, hammasini terma jamoa sardorlarining ovozlari soni hal qiladi, Leo esa ulardan ko`proq ovozga ega chiqqan."

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1