1

O`zbekistonda bu yil ichki mahsulotni kamida 6 foizga ko`paytirib, 100 milliard dollarga etkaziladi

Iqtisodiyot 16.01.2024, 11:14
O`zbekistonda bu yil ichki mahsulotni kamida 6 foizga ko`paytirib, 100 milliard dollarga etkaziladi

Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda aytilishicha, joriy yilda yalpi ichki mahsulotni kamida 6 foizga ko`paytirib, 100 milliard dollarga etkazish reja qilingan.

Lekin, o`tgan yili sanoat 6 foiz o`sgani bilan, ishlab chiqarishda qo`shilgan qiymat 40 foizdan oshmayotgani ko`rsatib o`tildi.

Bu raqamlar bizni qoniqtirmaydi. Bular asosan importga qaramlik va energiya iste`moli yuqoriligi hamda ortiqcha xarajatlar ko`pligi sababli bo`lmoqda

- dedi davlat rahbari.

Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan bo`lsa-da, ko`p tarmoqlar davlatga tushumni ta`minlash o`rniga xarajatini oshirayotgani qayd etildi. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq o`sgani kuzatilgan.

Bu yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo`ladi.

Bundan buyon, sanoatda qo`llab-quvvatlash mexanizmlari birinchi galda yuqori qo`shilgan qiymat yaratadigan va bozori bor mahsulotlar uchun beriladi.

Mas`ullarga 2024 yilda qo`shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz o`sishni ta`minlash bo`yicha korxonabay chora-tadbir tasdiqlab, amalga oshirish topshirildi.

Shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trillion so`mga, debitor qarzdorlikni 8 trillion so`mga kamaytirish zarur.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Strategik islohotlar agentligiga har oyda kamida 2 tadan tarmoqni tahlil qilib, qanday qilib tannarxni kamaytirish, qo`shilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish mumkinligini ko`rsatib berish vazifasi qo`yildi.  

Umuman, joriy yilda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz o`sishini ta`minlash iqtisodiy kompleks rahbariyatining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1