1

Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Jinoyat 17.01.2024, 14:28
Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “D.N.” MChJga qarashli dorixonada sotuvchisi J.X.  fuqaroga 50 dona “Gabapentin” nomli dori vositasini shifokor reseptisiz 250 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 3 xil turdagi 640 dona kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangixayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Ph.I.” MChJga qarashli dorixonda 456 dona “Zardeks” va 500 dona “Gabapentin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1