1

2023 yilda davlat byudjeti daromadlarining o`sishi keskin sekinlashgan

Iqtisodiyot 18.01.2024, 19:00
2023 yilda davlat byudjeti daromadlarining o`sishi keskin sekinlashgan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yil yakunlari bo`yicha daromadlar ijrosi dastlabki ma`lumotlarini  e`lon qildi. 

 

Unga ko`ra, 2023 yilda davlat byudjeti daromadlari 231,7 trln.so`mni tashkil etgan. 

"Bu 2022 yil ko`rsatkichlaridan 14,8%ga ko`p xolos. Ya`ni, byudjet daromadlariniing o`sishi YaIM nominal o`sishidan ancha ortda qolgan. Solishtirish uchun 2022 yilda byudjet daromadlari 22,5%ga o`sgan edi", - deydi bakiroo ma`lumot tahlil qilar ekan.

Iqtisodchining sharhiga ko`ra, daromadlar tarkibida aylanmadan olinadigan soliqlardan tushumlar 4,0%ga qisqargan bo`lsa, foyda solig`idan tushumlar inflyasiyadan past, 8,5% darajasida o`sgan xolos. Eng asosiy soliq QQSdan tushumlar 10,9%ga o`sgan (2022 yilda 35,9%lik o`sish yuz bergan). Bir so`z bilan aytganda, son sanoqsiz, samarasiz va yaqin do`stlarga taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarining salbiy ta`siri yaqqol natija ko`rsata boshlagan.

Eng katta o`sish bojxona bojlaridan (68,5%ga) tushumlarda kuzatilgan. Importning keskin o`sishi boj tushumlarini oshishiga turtki bergan. Yuqori sur`atda indeksasiya qilib kelinayotgan er solig`idan tushumlar 30,2%ga, mulk solig`idan tushumlar 27,5%ga o`sgan.

"Qayd etish kerakki, bu faqat davlat byudjeti ma`lumotlariniing daromadlar qismi xolos (xarajatlar qismi dastlabki ma`lumotlari endi taqdim etilsa kerak).  Konsolidasiyalashgan byudjetning 2023 yil 9 oylik yakunlari haligacha ochiqlangani yo`q", deydi mutaxassis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1