1

O`zbekiston MTJ Osiyo kubogi 2-tur doirasida Hindistonni mag`lub etdi(foto)

Sport 18.01.2024, 21:25
O`zbekiston MTJ Osiyo kubogi 2-tur doirasida Hindistonni mag`lub etdi(foto)

Xabaringiz bor shu kunlarda Qatar Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. “V” guruhi 2-turidan o`rin olgan Hindiston-O`zbekiston uchrashuvi 0-3 hisobi bilan yakunlandi.

Dastlab Abbosbek Fayzullaev 4-daqiqada hisobni ochdi, 0 - 1. Igor Sergeev 18-daqiqada hisobni yiriklashtirdi, 0 - 2. Birinchi taym yakuniga etib borayotganda Sherzod Nasrullaev ham hisobiga gol yozib qo`ydi, 0 - 3.

Uchrashuvning ikkinchi bo`limida esa hisob o`zgarmadi. Shu tariqa O`zbekiston MTJ Osiyo kubogi doirasidagi dastlabki g`alabasiga erishdi.

Avvalroq musobaqaning 1-tur doirasida Suriya bilan durang qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston MTJ guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 23-yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1