O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respubloikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
Kun tartibidan O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko`lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat etakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazadi.