O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Bahromjon A`loev boshchiligidagi delegasiya 2024 yil 19-20 yanvar kunlari Ugandaning Kampala shahrida bo`lib o`tgan Qo`shilmaslik harakatining 19-sammitida ishtirok etdi.
Tadbirda 100 dan ortiq davlat delegasiyalari, jumladan, davlat, hukumat, tashqi ishlar idoralari rahbarlari va ularning o`rinbosarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, global miqyosda tinchlik va barqarorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlashda Harakatning mavjud salohiyatidan foydalanish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.