1

Osiyo kubogi guruh bosqichining so`nggi o`yinida O`zbeksiton Avstraliya bilan durang qayd etdi va pley-off bosqichiga yo`l oldi (video)

Sport 23.01.2024, 18:32
Osiyo kubogi guruh bosqichining so`nggi o`yinida O`zbeksiton Avstraliya bilan durang qayd etdi va pley-off bosqichiga yo`l oldi (video)

Bugun, Qatar yashil maydonlarida bo`lib o`tayotgan Osiyo chempionati "V" guruhi 3-turida O`zbekiston MTJ Avstraliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.



Uchrashuvning 45+1 daqiqasida Avstraliya terma jamoasi penaltidan hisobni ochdi. Gol muallifi — Boyl. 
60 daqiqada Umar Eshmurodov hisobni tenglashtirgandi. Biroq ushbu vaziyatda himoyachi ofsaydda qolgan deb topildi va gol inobatga olinmadi. 
Uchrashuvning 79 daqiqasida esa O`zbekiston o`z tarixida ilk bor Avstraliyaga gol urdi. Jaloliddin Masharipov oshirib bergan to`pni Aziz Turg`unboev boshi bilan Avstraliya darvozasiga joylab qo`ydi. Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Endi O`zbekiston terma jamoasi F guruhidagi ikkinchi o`rinni olgan jamoaga qarshi o`ynaydi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston MTJ Avstraliya milliy terma jamoasi bilan 4 marotaba to`qnash kelgan va barcha o`yinlarda Avstraliya MTJning qo`li baland kelgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1