Prezident Shavkat Mirziyoevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoeva Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimi Pen Liyuan bilan uchrashuv o`tkazdi.
Ziroat Mirziyoeva O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi aloqalarning ildizlari juda uzoq o`tmishga borib taqalishi, xalqlarimizning boy tarixi va madaniyati bugun do`stlik, o`zaro ishonch va hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarimizga muhim asos bo`lib xizmat qilayotganini ta`kidladi.
Do`st Xitoy xalqini oy taqvimi bo`yicha kirib kelayotgan Yangi yil – Chun Sze bayrami bilan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Pen Liyuan O`zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoeva bilan qaror topgan yaqin do`stona munosabatlarni qadrlashi, mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik tobora yuksalib borayotganidan mamnunligini bildirdi.