O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yo`li fondi raisi Chju Szyun bilan uchrashuv o`tkazdi.
Fond 2014 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yo`l” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni moliyaviy qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Uchrashuvda sanoat kooperasiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda yaratilgan investisiya platformasi imkoniyatlarini faol ishga solish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalar ko`rib chiqildi.