1

MMA jangchisi Magomed Zaynalov 10-qavatdan tushib ketib, tirik qoldi (video)

Sport 25.01.2024, 18:03
MMA jangchisi Magomed Zaynalov 10-qavatdan tushib ketib, tirik qoldi (video)

MMA jangchisi, "Venom" laqabli Magomed Zaynalov 10-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda MMA ligasining yana bir vakili Eduard Kuzminov xabar berdi.

"Bugun ertalab men qayg`uli xabar oldim. Magomed Zaynalov 10-qavatdan yiqilib, hozir reanimasiyada. 2 fevral kuni biz jang qilishimiz kerak edi. Men bu jangda g`alaba qozonmoqchi edim. Biroq endi "Venom" tuzalib ketishi uchun ibodat qilmoqchiman"— dedi Kuzminov ijtimoiy tarmoqlarda.

SHOT Telegram-kanali 24 yoshli jangchi yiqilganidan keyingi dastlabki daqiqalar tasvirini e`lon qildi.

U mashina ustiga qulagani sabab tirik qolgan. Zaynalovning yiqilishiga mushugi sababchi bo`lib, jangchi uni qutqarishga harakat qilgan. Magomedning rafiqasining so`zlariga ko`ra, ular yaqinda ijaraga olingan kvartirada uy hayvonini olishgan. Mushuk balkonga sakrab chiqqan va kanalizasiyaga tiqilib qolgan. Zaynalov unga qo`l cho`zib, tutqichni ushlolmay yiqilgan. Uning oyoqlari va tos suyagi singan.

Qayd etilishicha, Zaynalov qulab tushgan Nissan X-Trail avtomobili egasi voqea sug`urta hodisasi emasligi sababli uni sudga berishni rejalashtirgan.

Jangchining menejeri Vitaliy Tarasovning aytishicha, hozirda sportchining hayoti xavf ostida emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1