Transfermarkt portali Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi.
Sayt ma`lumotlariga ko`ra, uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo`lib kelgan O`zbekistonning etakchi hujumchisi Eldor Shomurodov peshqadamlikni boy berdi. «Kalyari» hujumchisining transfer narxi pasayishda davom etyapti. Transfermarkt portali ekspertlarining fikricha, o`zbekistonlik legionerning Italiyadagi narxi 1 million evroga arzonlashgan: 5 million evroga baholanmoqda.
Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi deb esa Qozog`iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov topilgan. Uning narxi Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga o`tganidan keyin 6,5 million evroga ko`tarilgan, keyinroq esa 6 million evroga tushgan.
Markaziy Osiyodagi eng qimmat darvozabon – tojikistonlik Rustam Yatimov. Uning transfer bahosi 900 ming evroga ko`tarildi. Portal reytingida Rustam Yatimov ikki nafar o`zbekistonlik darvozabon bor – 700 ming evroga baholanayotgan Abduvohid Ne`matov («Nasaf») va O`tkir Yusupov («Navbahor»).