Xitoyga amalga oshirilgan tashrif davomida O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Temiryo`lkargo" AJ delegasiyasi ikki mamlakat o`rtasida temir yo`l tashuvlarini rivojlantirish bo`yicha bir qator yirik loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xususan, blok poezdlar jo`natish bo`yicha Xitoyda birinchi o`rinda turuvchi "Sian Xalqaro Porti"ga tashrif davomida quruqlik portining infratuzilmasi, mavjud logistik imkoniyatlari va yuqori axborot texnologiyalari bilan tanishildi.
Quruqlik portining rahbariyati bilan bo`lib o`tgan muzokaralar davomida O`zbekistonning import yuklarini "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poezdlarida tashish yuzasidan kelishuvga erishildi.