Ayni vaqtda Portugaliyada dzyudo bo`yicha Gran-pri turnirining final bahslari o`tkazilmoqda.
-60 kg vazn toifasida dzyudochimiz Dilshod Baratov finalda Panamerika chempionati sovrindori braziliyalik Mishel Avgusto bilan kurash olib bordi. Yakunda hamyurtimiz g`alaba qozonib, oltin medalni qo`lga kiritdi.
-52 kg vazn toifasida dzyudochimiz Diyora Keldiyorava finalda Evropa chempionati sovrindori vengriyalik Rika Pupp raqiblik qildi.
Yakunda Diyora Keldiyorava raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo`lga kiritdi.