1

Tanzila Narbaeva Londonda Buyuk Britaniya lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi

Siyosat 28.01.2024, 11:52
Tanzila Narbaeva Londonda Buyuk Britaniya lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi

O`zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaeva London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, bank-moliya, madaniy-gumanitar yo`nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Lord Tarik Axmad tomonidan moliyaviy va texnologik sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun ikki davlatning yuqori salohiyati borligi ta`kidlandi. Bu borada amaliy mexanizm va tashabbuslarni ishga solish, jumladan, savdo vakillarini tayinlash orqali yangi loyihalarni amalga oshirish lozimligi aytib o`tildi.

Xorijiy tomon O`zbekistonga "GSP Enhanced" umumiy imtiyozlar tizimining kengaytirilgan sxemasining benefisiari maqomi berilganini alohida qayd etib, Britaniya bozorida talab qilinadigan mahsulotlar eksportini oshirish istiqbollariga to`xtalib o`tdi.

O`z navbatida Tanzila Narbaeva Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarini 2024 yil may oyida bo`lib o`tadigan Toshkent xalqaro investisiya forumiga taklif qildi.

Suhbat davomida ta`lim sohasidagi hamkorlikka ham e`tibor qaratilib, O`zbekistonda Buyuk Britaniya etakchi universitetlarining filiallarini ochish, malakali o`qituvchilarni jalb qilishning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.

Bugun barcha mamlakatlar kun tartibida iqlim o`zgarishi masalasi dolzarb bo`lgani inobatga olinib, mazkur yo`nalishda yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish, ayniqsa, qurg`oqchilik va suv tanqisligiga qarshi kurashish, bunda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish yo`nalishida qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1