1

O`zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko`p oylik olayotgani ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 28.01.2024, 14:54
O`zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko`p oylik olayotgani ma`lum qilindi

Mamlakatda 2023 yilda o`rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so`mni tashkil etib, 2022 yildagiga nisbatan 17,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi ma`lumot berdi.

O`tgan yilning yanvar–dekabr oylarida hududlar bo`yicha o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon hamda Buxoro viloyatlarida qayd etildi.

Yil davomida o`rtacha ish haqining eng yuqori o`sish sur`atlari Farg`ona (19,1 foiz), Jizzax (18,1 foiz), Xorazm (18 foiz), Samarqand (17,8 foiz) hamda Toshkent shahrida (18,7 foiz)  kuzatildi.

2023 yilda o`rtacha oylik ish haqining eng baland ko`rsatkichi moliya va sug`urta sohasiga to`g`ri kelib, 13 million 323 ming so`mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 10 million 602 ming so`m, tashish va saqlash sohasi 6 million 937 ming so`m, sanoat sohasi 5 million 622 ming so`m bilan o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko`rsatkichni qayd etgan.

Doimgidek ta`lim (3 million 123 ming so`m) hamda Sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish (3 million so`m) sohalaridagi o`rtachi ish haqi miqdori boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog`onalardan o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1