1

O`zbekiston MTJ 1/4 finalda

Sport 30.01.2024, 18:46
O`zbekiston MTJ 1/4 finalda

Osiyo kubogi-2023 nimchorakfinali doirasida O`zbekiston milliy jamoasi Tailandni mag`lub etib, chorakfinalga yo`llanma olgan 5-jamoaga aylandi.

Uchrashuvnining 37-daqiqasida Azizbek Turg`unboev raqib darvozasiga gol kiritdi – 1:0. Bu Azizbekning turnirdagi ikkinchi goli bo`lib, Tailandning Qatarda o`tkazib yuborgan ilk goliga aylandi. 

Ikkinchi bo`limning 59-daqiqasida esa hisob tenglashdi. Supachokning jarima maydoni tashqarisidan yo`llagan zarbasini O`tkir Yusupov qaytara olmadi – 1:1.

65-daqiqada Abbosbek Fayzullaev jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasining uzoq burchagiga yo`lladi – 2:1.

Shu tariqa, O`zbekiston milliy jamoasi g`alabaga erishib, chorakfinalga yo`llanma olgan 5-jamoaga aylandi. Bungacha Avstraliya, Tojikiston, Iordaniya va Qatar 1/4 finalga yo`l olgandi. O`zbekiston keyingi bosqichda mezbon Qatarga qarshi maydonga tushadi. O`yin 3 fevral kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1