1

Kanada O`zbekistonga yangi elchi tayinladi

Siyosat 31.01.2024, 08:48
Kanada O`zbekistonga yangi elchi tayinladi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kanada elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Alan Hemsondan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

«Kanadaning O`zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Alan Hemson janoblari bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. - Janob Hemsonning mintaqamiz bo`yicha boy tajriba va bilimga egaligini qadrlaymiz. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchining O`zbekiston-Kanada ikki tomonlama munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro`yobga chiqarishga hissa qo`shish borasidagi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashga tayyor».

Alan Hemson 2021-2024 yillarda O`zbekistondagi elchi lavozimida akkreditasiyadan o`tgan (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekler o`rniga tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1