1

O`zbekiston elektr energetikasi sohasida xalqaro ta`lim muassasasi tashkil qilinadi

Iqtisodiyot 31.01.2024, 18:30
O`zbekiston elektr energetikasi sohasida xalqaro ta`lim muassasasi tashkil qilinadi

Prezidentning Xitoyga davlat tashrifi doirasida "O`zenergoinjiniring" AJ va Xitoyning elektr energetikasida rejalashtirish va injiniring instituti (EPPEI) rejalashtirish, injiniring va maslahatlashuvlar sohasida birgalikda qo`shma korxona tashkil etish to`g`risida kelishib oldilar. 

Korxona faoliyatining asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilar ko`zda tutilmoqda:

  • Zamonaviy sharoitlarni, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integrasiya qilishni inobatga olgan holda mamlakat elektr energetikasini rivojlantirish bo`yicha qisqa va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish. O`zbekiston elektr energetikasini rivojlantirishning samarali va asoslangan rejalarini ishlab chiqish uchun Plexos, DigSILENT xisoblash tizimlari va boshqa shu kabi zamonaviy, xalqaro tan olingan uslublar va amaliyotlardan foydalaniladi.
  • Xalqaro yondoshuvlar va standartlarni qo`llagan holda loyihaoldi, texnik va iqtisodiy injiniring o`rganishlari, loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqish, bazaviy va yakuniy loyihalashtirish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish, adaptasiyalash va boshqalar.
  • Elektr energetikasi sohasi, shu jumladan, loyihalash, qurilish va foydalanish bo`yicha texnik maslahatlar berish, loyihalarni boshqarish bo`yicha maslahatlar berish, elektr energetikasi sohasida yangi texnologiyalarni qo`llash masalalari bo`yicha muhandislik maslahatlari berish. 
  • Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan elektr energetikasi sohasi bo`yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mutaxassislar malakasini oshirish bo`yicha seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o`tkazish.

 

"O`zenergoinjiniring" AJ hamda Energy China International dastlabki investisiya qiymati 30 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan O`zbekiston elektr energetikasi va yangi texnologiyalar sohasida xalqaro ta`lim muassasasini tashkil qilish bo`yicha hamkorlik to`g`risida kelishib oldi. 

Ushbu ta`lim muassasasi elektr energetikasining murakkab vazifalarini echa olish va O`zbekiston elektr energetikasiga yangi texnologiyalarni joriy qilish qobiliyatiga ega bo`lgan xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Buning uchun ta`lim muassasasiga xalqaro miqyosdagi professor-o`qituvchilarni jalb qilish, ta`lim muassasasini zamonaviy, zarur texnikalar bilan jihozlash, shuningdek xalqaro akkreditasiya olish rejalashtirilmoqda. 

O`zbekiston elektr energetikasi sohasini qayta qurish bo`yicha ulkan rejalarni amalga oshirishda EPPEI tajribasi va vakolati katta ahamiyatga ega. EPPEI ishtirokida qo`shma korxona tashkil qilish O`zbekistonga Xitoyning elektr energetikasi sohasidagi ilg`or tajribasi va texnologiyalariga keng yo`l ochadi. Bu mamlakatning elektr energetikasini rivojlantirish sur`atlarini jadallashtirishga, uning samaradorligi va ishonchliligini oshirishga, shu jumladan, mamlakat elektr energetikasi tizimiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari yirik quvvatlarini joriy qilinishiga ko`maklashadi. Qo`shma korxona ikki mamlakat etakchi institutlari tajribasi va vakolatlarini birlashtiradi. 

“O`zenergoinjiniring" AJ va Energy China International o`rtasidagi kelishuv O`zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishdagi muhim qadam bo`ladi. U zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan, O`zbekiston elektr energetikasi rivojiga hissa qo`sha oladigan zamonaviy ta`lim muassasasini tashkil etishga ko`maklashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1