1

Toshkentda Prezident qarori mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga etkazish maqsadida seminar-trening o`tkazildi

Iqtisodiyot 01.02.2024, 11:59
Toshkentda Prezident qarori  mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga etkazish maqsadida seminar-trening o`tkazildi

Kecha, 31 yanvar kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-39-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga etkazish maqsadida seminar-trening bo`lib o`tdi.

Unda Soliq qo`mitasi raisi Sh.Kudbiev, Savdo sanoat palatasi raisi D.Vahobov, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakil D.Qosimov ishtirok etdi.

Seminarda 400 ga yaqin tadbirkorlik subektlari va OAV vakillari qatnashdi.

Seminarda Sherzod Kudbiev soliq organlari intizomli tadbirkorlarni rag`batlantirishga e`tibor qaratdi. 

"Oxirgi 3 yil davomida biz IT-tuzilmamizni rivojlantirishda tadbirkor biron talabga javob bermasa yoki muayyan shartlarni bajarmasa, unga nisbatan jazo choralari qo`llaniladigan yo`nalishni belgilab olgandik.

Endi dunyoqarashimizni o`zgartirish yo`lidagi birinchi qadam – barqarorlik reytingini joriy etish va tadbirkorlarni rag`batlantirish", dedi Soliq qo`mitasi raisi.

Bundan tashqari tadbirda O`zbekistonda 2024 yil 1 fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etilishi aytildi.  

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag`batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo`llash nazarda tutilmagan.  

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo`lsa:  

  • ️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o`tkazilmaydi;  
  • ️QQSdan hosil bo`lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);  
  • ️QQSdan boshqa soliq turlari bo`yicha hosil bo`lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo`shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag`batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to`langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.  

Bungacha bu faqat yirik soliq to`lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo`lgan tadbirkorlik subektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.  

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me`yorlar bo`yicha majburiyatlarni o`z vaqtida bajarishiga undashdir.

"O`zimiz AAA reytingidagi tadbirkorlarga QQS summasini 1 kun muddatda, tekshiruvlarsiz qaytarish bandini qo`shtirdik", dedi Sherzod Kudbiev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1