1

O`zbekiston DXX raisi “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Siyosat 01.02.2024, 13:02
O`zbekiston DXX raisi “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov “Tolibon” mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi, deb xabar beradi Tolo News.

Qayd etilishicha, muzokaralarda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, Afg`oniston va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy va tranzit hamkorlikni rivojlantirish hamda boshqa masalalar muhokama qilingan.

Afg`oniston Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Muhammad Yoqub “Islom Amirligi kuchlari rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini” bildirgan.

Uchrashuvda tomonlar asosiy e`tiborni ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratgan.

Eslatib o`tamiz, 2023 yilning mart oyida Afg`oniston mudofaa vaziri mulla Muhammad Yoqub O`zbekiston delegasiyasini qabul qilgandi. O`shanda O`zbekiston tomoni “Tolibon” harakatiga siyosat, iqtisod, xavfsizlik va boshqa sohalarda yordam berishga tayyorligini bildirgani ta`kidlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1