1

Jaloliddin Masharipov Gresiyaning “Panserraikos” klubi bilan shartnomani bekor qildi

Sport 02.02.2024, 15:03
Jaloliddin Masharipov Gresiyaning “Panserraikos” klubi bilan shartnomani bekor qildi

O`zbekiston milliy terma jamoasining etakchi futbolchilaridan biri Jaloliddin Masharipov Gresiyaning “Panserraikos” klubi bilan o`zaro kelishuviga ko`ra shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.

Ma`lum qilinishicha, Masharipov “Panserraikos”da jami 8 ta o`yinda maydonga tushib, 2 ta assist muallifiga aylangan. 30 yoshli futbolchi faoliyatini  O`zbekistonda davom ettirishi mumkinligi aytilmoqda. 

Ma`lumot uchun, Jaloliddin Masharipovning “Transfermarkt”ga ko`ra narxi 1,5 million evroni tashkil etadi. U faoliyati davomida BAAning “Shabab Al-Ahli” va Saudiyaning “Al-Nasr” kabi klublarida to`p tepgan. Hozirda futbolchi O`zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1