1

Bugun Toshkent shahrida og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionati boshlanadi

Sport 02.02.2024, 15:26
Bugun Toshkent shahrida og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionati boshlanadi

2-10-fevral kunlari Toshkent og`ir atletika bo`yicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar berilgan edi. Bugun chempionat o`z ishini boshlaydi.

Kecha qit`amizning 34 mamlakatidan 239 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqa oldidan "Yunusobod sport majmuasi"da matbuot anjumani tashkil etildi. 

Tadbirda musobaqaning ahamiyati, jamoalarning tayyorgarligi haqida batafsil ma`lumot berildi. Uning Parij-2024 Olimpiya o`yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi chempionatga bo`lgan qiziqishni yanada oshirgan.

Osiyo og`ir atletika federasiyasi vise-prezidenti, O`zbekiston Sport vazirining o`rinbosari, og`ir atletika federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Shahrullo Mahmudov hozirda bor e`tibor maksimal darajada Olimpiya o`yinlari lisenziyalarini qo`lga kiritishga qaratilgani, bu borada davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotganini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, musobaqaga O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Ozarbayjonning Boku shahrida tayyorgarlik ko`rgan bo`lsa, qizlarimiz so`nggi mashg`ulotlarni Chirchiq shahrida o`tkazishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1