3 fevral kuni futbol bo`yicha Osiyo Kubogining chorak finaldan o`rin olgan Eron va Yaponiya o`rtasidagi bahs bo`lib o`tdi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Hidemasa Morita yaponlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo`limda esa eronliklar muvozanatni tikladi. 55-daqiqada Muhammad Mohebi ajoyib reyd bilan yurish qilib, darvozani ishg`ol qildi.
O`yin oxirida esa hakam Yaponiya darvozasi tomon penalti belgiladi. Alirizo Jahonbaxsh esa ushbu penaltini golga aylantirib, jamoasining yarim finalga chiqishini ta`minladi.
Eron yarim finalda Qatar — O`zbekiston o`yini g`olibiga qarshi bahs olib boradi.