1

O`zbekiston MTJ uchun Osiyo kubogi yakunlandi

Sport 03.02.2024, 23:34
O`zbekiston MTJ uchun Osiyo kubogi yakunlandi

Osiyo kubogining chorak finalidan o`rin olgan Qatar - O`zbekiston uchrashuvida dastlab mezbonlar hisobda oldinga chiqishdi. Darvozabon O`tkir Yusupov kutilmaganda o`z darvozasiga avtogol kiritib qo`ydi, 1:0.

Ikkinchi taymning 59 daqiqasida hisob tenglashdi, Odil Hamrobekov raqib darvozasini uzoqdan aniq nishonga oldi, 1:1.

Shu tariqa uchrashuvning asosiy vaqtida g`olib nomi aniqlanmadi va ekstra taymlarga navbat berildi. Qo`shimcha taymda ham ikki jamoa o`z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va penaltilar seriyasida Qatar 3:2 hisobida g`alaba qozondi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1