Ayni kunlarda Toshkent shahridagi “Humo arena”da tennis bo`yicha Devis kubogi bahslari o`tkazilmoqda. Kun dasturidagi o`yinlardan so`ng, Denis Istomin bilan xayrlashuv marosimi bo`lib o`tdi.
Shunday qilib, o`zbekistonlik 37 yoshli tennischi, Jakarta-2018 Osiyo o`yinlari g`olibi va bir qator nufuzli turnirlar ishtirokchisi Denis Istomin sportdagi faoliyatini yakunladi.