1

Rahmatulla Nazarov O`zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi

Siyosat 05.02.2024, 08:20
Rahmatulla Nazarov O`zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi

Belarus poytaxtida 2021 yildan buyon elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarayotgan O`zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nazarov o`z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

U 53 yoshda. O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida boshlagan. 1997 yilda Tashqi ishlar vazirligiga Shartnoma boshqarmasining attashesi lavozimiga ishga qabul qilingan, keyinroq boshqa bir qator boshqarmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlig`i, shuningdek, Belgiya va Qirg`izistondagi elchixonalarda, Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo`yicha milliy koordinator sifatida ishlagan. O`tgan yillar davomida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida, Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo`lgan hamda Senat a`zosi etib saylangan.

Belarusga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Eslatib o`tamiz, Minsk shahridagi elchixona 2018 yilda ochilgan.

Rahmatulla Nazarov 2018–2021 yillarda elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o`rniga tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1