Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) yanvar oyi yakunlariga ko`ra yangilangan reytingni e`lon qildi. Ushbu reytingdan 7 nafar bokschimiz o`rin olgan.
Hozirda ularning 4 nafari o`z vaznlarida peshqadamlik qilmoqda:
Hasanboy Do`smatov - (minimal vazn) 2-o`rin;
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) 1-o`rin;
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 1-o`rin;
Botir Ahmedov (super engil vazn) - 8-o`rin;
Shahram G`iyosov (yarimo`rta vazn) - 1-o`rin;
Isroil Madrimov (super yarim o`rta vazn) - 1-o`rin;
Bektemir Meliqo`ziev (super o`rta vazn) - 6-o`rin.