1

Ayubxon Yunusov O`zbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi

Siyosat 06.02.2024, 08:33
Ayubxon Yunusov O`zbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi

O`zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Ma`lum qilinishicha, Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, "Al-Azhar" universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Arab, rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Ayubxon Yunusov 2016-2022 yillarda mamlakatimizning Kuvaytdagi elchisi bo`lib ishlagan Bahromjon Aloev o`rniga tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1