1

Po`lat Bobojonovga yangi o`rinbosar tayinlandi

Siyosat 06.02.2024, 11:53
Po`lat Bobojonovga yangi o`rinbosar tayinlandi

 Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonov tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi Doniyor Qodirov ishtirokida ichki ishlar organlari faoliyatiga oid tezkor yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbir jarayonida tashkiliy masala ko`rildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Ashrapov Ramazon Axmatxo`jaevich Ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Tergov departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlanganligi e`lon qilindi.

Shuningdek, majlisda tergov va ekspert-kriminalistika sohasiga oid faoliyatni tanqidiy ko`rib chiqish, tergovchi va ekspertlarning malakasini oshirish, yangi tuzilgan Kriminologiya tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tizimni innovasion va ilmiy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, axborot almashinuvi va qarorlar qabul qilish bo`yicha zamonaviy huquqiy va ilmiy ishlanmalarni amalga keng joriy etish, sohada axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta`minlash bo`yicha tegishli topshiriqlar berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1