O`zbekiston milliy jamoasi hamda Rossiyaning "SSKA" klubi klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullaevga "Bavariya" klubi qiziqmoqda.
Bu haqda rossiyalik futbol agenti Anton Smirnov telegramdagi kanalida xabar bermoqda.
Futbol agentining qo`shimcha qilishicha, yarim himoyachi O`zbekiston milliy terma jamoasidagi o`yinlari tufayli nemis klubi e`tiboriga tushgan.
Eslatib o`tamiz, Fayzullaev hozirda Rossiyaning SSKA futbolchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 18 ta uchrashuv o`tkazgan va uning hisobida 2 ta gol, 6 ta golli uzatma bor.
Transfermarkt ma`lumotlariga ko`ra, Fayzullaev 4 million evroga baholangan.