1

Abdulla Aripov Qozog`istonning yangi Bosh vazirini tabrikladi

Siyosat 07.02.2024, 11:30
Abdulla Aripov Qozog`istonning yangi Bosh vazirini tabrikladi

Bugun, 6 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot o`tkazdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar qildi.

Suhbat avvalida O`zbekiston Bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozog`iston Bosh vaziri etib tasdiqlagani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, Davlatlarimiz Rahbarlari tomonidan hukumatlarimiz oldiga O`zbekiston-Qozog`iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo`lida qo`yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi.

Avvalroq, O`zbekiston Bosh vaziri qozog`istonlik hamkasbiga ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha “Amanat” siyosiy partiyasi nomidan Oljas Bektenov nomzodi Qozog`iston Bosh vaziri lavozimiga taklif qilingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1