1

Sankt-Peterburgda O`zbekistonning yangi bosh konsuli ish boshladi

Siyosat 07.02.2024, 12:53
Sankt-Peterburgda O`zbekistonning yangi bosh konsuli ish boshladi

O`zbekistonning yangi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov Rossiya shimoliy poytaxtiga etib keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Yangi bosh konsul Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 37 yoshli diplomat Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida, TIV tuzulmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019–2023 yillarda O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida birinchi kotib, so`ngra maslahatchi bo`lib faoliyat yuritgan.

Abdurahmon Mahmudov 2019 yildan 2024 yilgacha Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Babaev o`rniga tayinlandi.

Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoli-G`arbiy mintaqalari kiradi. Bular quyidagi 11 ta hududlar: Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologda viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Nenes avtonom okrugi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1