1

BAA va Eron klublari o`zbekistonlik ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sport 07.02.2024, 17:54
BAA va Eron klublari o`zbekistonlik ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubi O`zbekiston milliy jamoasi a`zosi Hojimat Erkinov bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Rossiyaning "Torpedo" klubining 22 yoshli yarimhimoyachisi “Al-Vahda” klubida 15-raqam ostida o`ynaydi.

Shuningdek, Oston O`runov Osiyo kubogidagi ishtirokidan keyin faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradigan bo`ldi.

23 yoshli hujumkor yarimhimoyachi “Persipolis” klubi bilan 1,5 yillik bitim imzoladi. O`runov bungacha “Navbahor” klubida o`ynab, klubni 2023 yil oxirida tark etdi va “Persipolis” klubiga erkin agent sifatida borib qo`shildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1