1

Qatarda O`zbekiston Elchisi ish boshladi

Siyosat 12.02.2024, 08:30
Qatarda O`zbekiston Elchisi ish boshladi

O`zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashraf Xodjaev Qatar poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Doxaga tayinlanishidan oldin u TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.

TIV tizimidagi faoliyatini 2005 yilda referent sifatida boshlagan. O`tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O`zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

2018 yildan e`tiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig`i va direktori bo`lib faoliyat olib borgan.

Ashraf Xodjaev O`zbekistonning Qatardagi qarorgohi Doxada bo`lgan birinchi elchisidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1