1

Endi O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari ruxsatnomasiz amalga oshiriladi

Iqtisodiyot 13.02.2024, 08:41
Endi O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari ruxsatnomasiz amalga oshiriladi

O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishga kelishib olindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 23 iyunda imzolangan O`zbekiston Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi o`rtasida 2002 yil 3 aprelda imzolangan yo`lovchilar hamda yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to`g`risidagi Bitimga va uni qo`llash tartibi to`g`risidagi Bayonnomaga o`zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma 2024 yil 8 fevraldan e`tiboran kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirish hisoblanadi.

Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi avtotashuvchilar uchun ortiqcha byurokratik to`siqlarni kamaytiradi va yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1