1

1 ta bank va 1 ta to`lov tashkilotiga nisbatan sanksiya qo`llanildi

Iqtisodiyot 14.02.2024, 09:20
1 ta bank va 1 ta to`lov tashkilotiga nisbatan sanksiya qo`llanildi

Markaziy bankning Bank nazorati qo`mitasi tomonidan 2024 yilning yanvar oyidagi yig`ilishlarda (9 marta) 30 ta masala ko`rildi va ularda tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ro`yxatga olish va ruxsat berish yo`nalishida 20 ta masala ko`rib chiqildi. Xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o`zgartirishlarni ro`yxatdan o`tkazish (2 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), kredit tashkilotlarini lisenziyalash (2 ta), banklarda audit o`tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (2 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a`zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko`rib chiqish
(11 ta) kabi masalalardir.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holati bo`yicha (10 ta masala) banklar va to`lov tashkilotlarining moliyaviy holati va ular tomonidan Markaziy bankning prudensial me`yorlari talablarining bajarilishi, shuningdek, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o`tkazilgan o`rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Xususan, amaldagi qonunchilik va Markaziy bankning me`yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga rioya qilinishi ta`minlanmaganligi sababli 1 ta bank va 1 ta to`lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo`llanildi, shuningdek, 3 ta bank va 2 ta lombard chora va sanksiyalar qo`llanilishi to`g`risida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, Qo`mita tomonidan o`zining tizim barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish prinsipidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatiga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, o`rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog`lomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1