1

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so`mdan subsidiya beriladi

Iqtisodiyot 16.02.2024, 09:45
Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so`mdan subsidiya beriladi

“Qishloq xo`jaligi erlari degradasiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-71-son, 13.02.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga muvofiq 2024–2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo`yicha agrotexnik tadbirlar uchun erdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million so`mdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:

- subsidiya ajratish Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi;

- paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo`yicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024 yilda ajratiladi;

- subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o`rtacha 10 foizga oshganligi to`g`risidagi xulosasiga asosan 2025 yilda ajratiladi.

Shuningdek, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga o`tkaziladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1