1

“400 000 so`mlik chiqarilgani haqidagi xabarlar yolg`on”

Iqtisodiyot 18.02.2024, 15:13
“400 000 so`mlik chiqarilgani haqidagi xabarlar yolg`on”

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 100 000 so`mlik banknotning nominali ko`rsatilgan raqamlarini 400 000 raqamiga o`zgartirilgan holatidagi rasmlari tarqalmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Markaziy bank izoh berdi

“O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo`lib, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to`g`risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.

"Shunga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 000 so`m nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emasligi va fuqarolarimiz bunday yolg`on xabarlarga aldanib qolmasligini so`raymiz", - deyiladi Markaziy bank xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1