1

Rasman! O`zbekistonda dizel 15 foizga arzonlashdi

Iqtisodiyot 19.02.2024, 10:10
Rasman! O`zbekistonda dizel 15 foizga arzonlashdi

Joriy yil 12 fevral kuni Prezident Sh.Mirziyoev rahbarligida o`tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig`ilishida “O`zbekneftgaz” AJga birja savdolariga qo`yilayotgan dizel yonilg`isi narxini 15 foizga pasaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan edi.

Jamiyat tomonidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo`llab-quvvatlash maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilg`isi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilg`isining narxlari EKO dizel yonilg`isi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga “O`zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 19 fevraldan Jamiyatga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg`isi bir tonnasi 11 608 190 so`mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1