Ookla kompaniyasining speedtest.net servisi 2024 yil yanvar oyi natijalariga oid yangi ma`lumotlarni e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston mobil internet tezligi bo`yicha 4 pog`ona yuqoriladi.
Bu O`zbekiston o`z o`rnini 2023 yilning boshidan joriy yil holatiga ko`ra 32 pog`ona yaxshilab olganini anglatadi.
Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali o`rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qildi.
Shuningdek, simli internet tezligi esa o`rtacha 59,07 Mbit/s ni tashkil etdi hamda reytingda 2023 yil boshidan bugungi kun holatiga ko`ra, ikki pog`ona yuqoriladi.